YUMORESKA

YUMORESKA (yumor so’zidan) — hazilomuz, kichik hajmli, odatda, cholg’u pyesa; skersota yaqin. Musiqada Yumoreska nomini R. Shuman ilk bor qo’llagan (fortepiano uchun Yumoreska, 1839; fortepiano triosi uchun Yumoreska, 1842). Mazkur Yumoreskalar (nemis yozuvchisi Jan Pol asarlarida bo’lgani kabi) xayolchan, lirik va hazilchan lavhalardan tashkil topgan. E.Grig, A.Dvorjak, P.Chaykovskiy, S.Prokofev, R.Shchedrin, O’zbekistonda V.Saparov (Fagot va fortepiano uchun), HAB. Rahimov (puflama sozlar orkestri uchun) va boshqalar Yumoreska yozishgan.