Gaz quvuri, gaz uzatkich

Gaz quvuri, gaz uzatkich (gazoprovod) — yonuvchi gazlarni qazib olingan yoki ishlab chiqarilgan joyidan iste’mol qilinadigan joyigacha uzatish (etkazib berish) uchun mo’ljallangan inshootlar (quvurlar, tayanchlar, yo’lakay binolar) majmui. Birinchi marta g. q.dan mil od boshlarida Xitoyda foydalanilgan. Bunda tabiiy gaz bambukdan yasalgan quvurlarda uzatilgan. 18-a. oxirida Evropada gaz cho’yan, 19-20-a.larda esa pulat quvurlarda uzatilgan. Hozir gaz quvurlari er ostidan, er ustidan (tayanchlar ustidan) utkazilishi mumkin. G. q. magistral (gaz uzoq joylarga, Mae, boshqa shahar yoki mamlakatlarga etkazib beriladigan), mahalliy (gaz biron bir hudud doirasida etkazib beriladigan) va shahar (gaz muayyan bir shahar doirasida etkazib beriladigan) xillarga bulinadi. Quvurlarni korroziyadan saqlash uchun izolyasiyalash, katod va protektorli himoya usullaridan foydalaniladi. G. q. 5,5—10,0 mn/m2 gacha bosimga chidaydigan qilib quriladi. G. q. diametri har xil (720 dan 1420 mm gacha) bo’ladi. G. q.dagi gaz bosimini gaz-kompressor styasi me’yorga solib turadi. G. q.ning oxirgi punktlarida gaz taqsimlash st-yalari kuriladi. Bu punktlardan gaz iste’molchilarga tarqatiladi.