Gazlar kinetik nazariyasi

Gazlar kinetik nazariyasi -gazlarning asosiy fizik xossalari, ayniqsa, siyraklashtirilgan gaz xossalari haqidagi nazariya; unga ko’ra gazlar uzluksiz (tartibsiz) issiqpik harakatida bo’lgan, bir-biriga ta’sir qilmaydigan zarralar (molekulalar yoki atomlar) to’plamidan iborat. Etarlicha siyraklashtirilgan gazlarda molekulalar oralig’i molekulalarning o’zaro ta’sir kuchi radiusidan katta. Mae, 1 sm3 gazda 10″ molekula bo’lsa, ularning oralig’i 10-‘ sm yoki 100 A, o’zaro ta’sir kuchining radius i bundan 10-20 baravar kichik. Ideal gazlarning molekulalari bir-biri b-n ta’sirlashmaydi, ular hamma yo’nalishda bir xil tezlik b-n harakatlanadi. G. k. n.ga asosan gaz hajmining hamma jo-yida t-ra va bosim bir xil (issiqlik muvozanati), molekulalar tartibsiz harakatlanadi, t-ra yoki bosim o’zgarsa, muvozanat buzil ad i, energiya, bosim, t-ra va h. k. gradientlari hosil bo’ladi. G. k. n.da diffuziya hodisasi — molekulalarning massa tashishi, issiq o’tkazuvchanlik — molekulalarning energiya tashishi, qovushoqlik — molekulalarning harakat miqdor tashishi deb qaraladi. G. k. n.da molekulalar S diametrli sharlar deb qaraladi, bu diametr erkin o’tish yo’li b-n quyidagicha bog’langan: /=1/7g62l0, bunda l0 — to’qnashishlar soni. G. k. n. kosmologiya, elementar zarralar fizikasi, plazma fizikasida keng tatbiq qilinadi.