Gamma

Gamma-apparat, teleradiy apparat — asosan, rak va b. xavfli o’smalarni gamma-nurlar b-n davolashda, shuningdek material va buyumlarning nuqsonlarini aniqlashda ishlatiladigan apparat (q. Defektoskopiya). Kalta fokusli va uzun fokusli turlari bor. Kalta fokuslisi 5 sm gacha chuqurlikdagi o’smalarga, uzun fokuslisi undan chuqurroqdagi o’smalarga nur berish uchun ishlatiladi. G.-a.ning bir o’q atrofida aylanadigan (rotasion) yoki o’zaro perpendikulyar ikki o’q atrofida siljiydigan (rotasion-konvergent) xillari bo’ladi. Bemorni to’g’ri yotqizish, nurlar dastasini kasallik o’chog’iga g’uj tushirish uchun apparatning rentgen, optik yoki mexanik markazlovchilaridan foydalaniladi. G.-a.ning ba’zi turlarida ionlash kameralari bor, bular bemor gavdasidan o’tgan nurlarni o’lchab turadi. G.-a. o’rnatilgan binoning devorlari, shipi va eshigi tevarakatrofga gamma-nurlarni o’tkazmaydigan qilib ishlanadi.