Gazli gaz-neft koni

Gazli gaz-neft koni – Buxoro viloyati Romitan tumani hududida, Buxoro sh.dan 100 km chamasi shim.- g’arbda joylashgan. 1956 y. ochilgan. Geologik tuzilishida yura, bo’r, paleogen va neogen yotqiziqlari qatnashgan. Yura yotqiziqlari qizil rangli qumtosh va gil jinslaridan (kalinligi 100 m gacha) tuzilgan. Bo’r sistemasining barcha yaruslari yotqiziqla-ri uchraydi. G. g.-n. k. cho’ziq assimetrik antiklinalda joylashgan. Gazli antiklinali yonida Qurbonali va Ko’hnagumbaz braxiantiklinallari bor. Neogen qatlamlari bo’yicha struktura gumbazi juda keng, uz. 30 km, bal. 30-40 m. Shim. qanoti xiyla yotiq, enkayish burchagi G30\ Jan. qanoti tikroq — 10-15°. Olay qatlami bo’yicha burma uz. 43 km, kengligi 10-16 km, bal. 200 m. Paleogen (Eosen) qatlamlari bo’yicha assimetrik. Bo’r yotqiziklarida burma gumbazi ikkita qubbadan tuzilgan. G’arb tomondagisi ko’proq ko’tarilgan, yassi shaklda, kenglik buyicha chuzilgan. Kubba bal. 40 m. Burma gumbazi yotiq (GZO1), qanot qiyaligi shim.da 2° gacha, Jan.da 20°. G. g.-n. k. zaxirasi bo’yicha ulkan konlar qatoriga kiradi. Gazning umumiy zaxirasi 500 mlrd. m3. Eng yirik gaz uyumi S2 toifasi bo’yicha Turon kesimining pastki qismidagi 8-A gorizontda joylashgan. 12-A gorizontning ayrim qatlamlarida gazning gumbazeimon uyumlari ochilgan. A va B gorizontlarida faqat gaz, V da gaz va neft uyumi bor. Gazli konidagi neftning s. of. 0,8125 dan 0,8222 gacha. Oltingugurt 0,10— 0,33%, parafin 0,68% gacha, smola 7,9% gacha, as-faltenlar 0,17—0,78% gacha. Gazning s. of. 0,587 dan 0,612 gacha. Tarkibida metan (SN»)—93,6—94,8%, H2S-0,3%,SO2-0,2- 0,7%, qolgani 2,3 dan 5,2% gacha S2va b. G. gorizontdagi gaz uyumi uz. 6,2 km, kengligi 3,6 km, bal. 33 m. Neft uyumi uz. 8,3 km, kengligi 4,4 km, bal. 16 m. D gorizontda gaz uyumi uz. 5 km, kengligi 2,0 km, bal. 19 m. Neft uyumi uz. 6 km, kengligi 3 km, bal. 11 m. E. gorizontda gaz uyumi uz. 1 km, kengligi 0,6 m, bal. 3 m. Neft uyumi uz. 2 km, kengligi 1,2 m, bal. 5 m. G. g.-n.k.dan Qozog’iston va Qirg’izistonga gaz quvuri tortilgan. Fozil Bekboev.