GAZDAN QUTQARUV ISHLARI

GAZDAN QUTQARUV ISHLARI – zaharli gazlar ajralishi, portlash va yong’in chiqishi xavfi bo’lgan sanoat korxonalarida ish xavfeizligini ta’minlashga doyr tadbirlar majmui. Gaz b-n bog’liq falokatlarning oldini olish, avariya yuz berganda uning oqibatlarini tugatish, sanoat bino-lari havosidagi zararli va xavfli aralashmalar miqdorini o’lchab turish, gazdan muhofaza qilish va qutqarish vositalarining holatini nazorat qilish, korxona xodimlarini bunday vositalardan foydalanish qoidalari b-n tanishtirish va b. tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu tadbirlarni amalga oshirish maxsus xizmatlar: gazdan qutqarish st-yalari va ko’ngilli gazdan qutqarish drujinalari zimmasiga yuklanadi. Gazdan qutqarish st-yalari respiratorlar, havo apparatlari, gazniqoblar, kislorod yostiqlari va b. exti-yot vositalari b-n ta’minlanadi. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini tugatishda xuddi konlardagi qutqarish ishlarida qo’llana-digan tadbirlar va vositalardan foydalaniladi (q. Konda kutkaruv jihozlari).