Gvozdikov Aleksandr Vasilevich

Gvozdikov Aleksandr Vasilevich (1903, hoz. RF Volgograd viloyati — 1973, Toshkent) — o’rmonshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1970), prof. (1969). Saratov q.x. in-tini ta- momlagan (1929). Surxondaryo okrugida o’rmon meliorasiya partiyasi boshlig’i va okrug o’rmon melioratori (1929-36), O’zbekistan o’rmon xo’jaligi va agroo’rmon meliorasiyasi i.t. in-tida sektor mudiri (1936-41). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-46). 1946 y.dan Toshkent qishloq xo’jaligi in-ti o’rmonchilik va o’rmon meliorasiyasi kafedrasi mudiri. Il- miy ishlari O’rta Osiyo sharoitlarida o’rmonchilik, agroo’rmon meliorasiyasi, qumlarni mustahkamlash va b. masalalar- ga bag’ishlangan.