GEDENBERGIT

GEDENBERGIT (shved mineralo- gi L. Gedenberg nomidan; 19-a.) — pi- roksenlar guruhiga mansub mineral. G. — diopsid izomorf qatorining oxirgi hadi. Magniyga boy turi Salit deb ata- ladi. Qo’shimchalari Mp va G’e3+. Kimyo- viy formulasi CaFe(Si2O6). Monoklin singoniyali. Rangi to’q yashildan qrragacha. Yaltiroqligi shishasimon. Deyarli shu’- lasimon agregatlar, cho’ziq prizmalar. G. b-n ilvait, magnetit, temirli granat- lar, kaltsit, epidot va b. birga uchraydi. Qattiqligi 5,5 — 6. S. of. 3,6. Ohaktoshli skarnlar, magnetitli konlarda uchraydi. Nurash natijasida kremniyli temir ox- rasiga aylanadi.