Gorakhpur
Gorakhpur — Hindistondagi shahar. Rapti daryosi bo’yida. Uttar-Pra- desh shtatida. Aholisi 550 ming kishi chamasida (1990-y.lar oxiri). Trans- port yo’llari tuguni. Yirikt.y. ustaxo- nalari, yirik shakar-qand z-dlari, jut f-kasi bor. Kimyo sanoati (mineral o’g’it va kislota i. ch.) rivojlangan. To’qish hunarmandchiligi b-n qadimdan mashhur. Un-t (1957) bor. Aholisining ancha qismi q.x.da ishlaydi. G. Angliya hukmronligi davrida ingliz mustamlakachi armiyasi uchun Nepaldan Gurkh jangchilarini yol- lash markazi edi.