GOMOYOSMOTIK HAYVONLAR

GOMOYOSMOTIK HAYVONLAR (gomo… va Yun. osmos — turtki, bosim) — tana suyukligi hamda qon bosimi- ni tashqi muhitning osmotik bosimi- ga bog’liq bo’lmagan holda doimiy ush- lab turish xususiyatiga ega bo’lgan suv hayvonlari. Osmotik bosim ayirish si- stemasi yordamida tanadan ortiqcha suv va tuzlarni chiqarib tashlash orqali amalga oshiriladi. Dengiz hayvonlarida to’qima suyuqligi va qonning bosimi ular yashay- digan suvdagiga nisbatan past bo’ladi; bosim buyrak orqali to’qima suyukligi va qondan ortiqcha suv, jabralar orqali esa ortiqcha tuzlar chiqarib tashlanishi tufayli doimiy saqlanadi. Chuchuk suv baliqlarida esa aksincha to’qima suyukli- gi va qonning bosimi atrof muhitdagi bosimdan yuqori bo’ladi; buyrak orqali juda ko’p miqdorda suv, jabralar orqali esa tuz shimib olinishi tufayli qon va to’qima suyuqligining bosimi tashqi muhitnikiga nisbatan yuqori bo’ladi.