Go Mojo

Go Mojo (1892.16.11, Shavan -1978, Pekin) — Xitoy yozuvchisi, shoir, tarixchi olim, jamoat arbobi. Kyusyu un- ti (Yaponiya)ning tibbiyot f-tini tamom- lagan (1923). Xitoy FA prezidenti (1949 y.dan). «Ma’budalar» (1921), «Yulduzlar olami» (1923), «yangi Xitoy uchun gimn» (1953), «gullar ochilaversin» (1958) va b. she’riy to’plamlari bor. Milliy ozod- lik («urush bongi» qikoyalar to’plami), vatanparvarlik («yo’lbars belgisi», pe- sa, 1942) mavzularida asarlar, tanqidiy, publisistik maqolalar, memuarlar yarat- gan. «Quyoshni qutlab» she’riy to’plami o’zbek tilida nashr etilgan (1957).