Gordlevskiy Vladimir Aleksandrovich
Gordlevskiy Vladimir Aleksandrovich [1876.25.9(7.10), Sveaborg — 1956.10.9, Moskva] — rus sharqshunosi, turkiyshunos; akad. (1946). Turkmani- stonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1954), Filol. fanlari dri (1934). Mo- skvadagi Lazarev nomidagi Sharq tilla- ri in-ti (1899) va Moskva un-ti (1904) ni tugatgan. Sharq tillari in-ti (key- inchalik Moskva Sharqshunoslik in-ti) da o’qituvchi, prof. (1907— 48), sobiq Ittifoq FA Sharqshunoslik in-tida bo’lim boshlig’i (1948-56). Asosiy il- miy ishlari turk tili, adabiyoti, og’zaki ijodi, Turkiya tarixi, etnografiyasi va b. ga bag’ishlangan. G. «Turk tili gramma- tikasi» (1928) qo’llanmasi muallifi.