Glyuk (Gluck) Xristof Villibald

Glyuk (Gluck) Xristof Villibald (1714.2.7, Erasbax, Bavariya — 1787.15.11, Vena) — Avstriya kompozitori, musiqiy klassisizmning yirik vakili. 1752 y.dan asosan Venada yashab, saroy ope- rasida dirijyor va kompozitor bo’lgan. Vena klassik maktabining ilk opera islohotchisi sifatida «Orfey va Evri- Dika» (1762), «Altsesta» (1767), «IFI- geniya Tavridada» (1779) kabi 100 dan ortiq operalarini yaratdi. Bularning eng etuklari g’oyaviy va badiiy mazmundor, ifodaviy vositalari xilma-xil bo’lib, qahramonlarning kuchli his-tuyg’ulari, matonatli xulqiy fazilatlari b-n AJ- ralib turadi. G. ariya, ansambl va ba- let lavhalarini izchil musiqa rivojiga bo’ysundirdi, ularni yirik sahnalarga birlashtirib, operaning musiqiy- dramatik keskinligini kuchaytirdi, sa- Roy spektakllariga xos dabdabali yuzaki tomoshalarga barham berdi. G. frantsuz hajviy opera janrida ham ijod qilgan. «Soxta cho’ri» (1758), «Aldangan qozi» (1761), «nogahon uchrashuv yoki «Makka hojilari» (1764) va b. asarlarida Sharq mavzularini ekzotik tarzda aks ettirgan. Ad.: Levik B. V., Chet el musiqasi tari- XI (maxsus muharrir T. G’afurbekov), T., 1984.