Gidrologik bashorat

Gidrologik bashorat Daryo, ko’l yoki suv omborida yuz beradigan jara- yonlar (muzlash, erish, toshish, suv sarfi va b.)ning borishini ilmiy tarzda ol- dindan aniqlash. Bashorat qilinadigan jarayonlarning xiliga qarab, g. b. suvga doir taxmin yoki muzga doir taxminga bo’linadi. Suvga doir taxminga mavsu- miy oqim hajmi, toshqin yuz berganda- gi oqim hajmi, suv to’lib oqqan va suv toshqini paytlaridagi eng yuqori suv hajmi, turli davr (kun, oy, yil) uchun o’rtacha suv sarfi, to’lib oqadigan payt qachon yuz berishi va b.ni oldindan ay- tish kiradi. Muzga doir taxminlar dare, ko’l yoki suv omborining muzlashi va erishi, muz qalinligi va b.ni ol- dindan aytishni o’z ichiga oladi. G. b. qisqa muddatli (15 kun) va uzok, mud- datli (bir necha oy) bo’lishi mumkin. G. b.ga qarab qishloq va suv xo’jaligi, energetika tashkilotlari suvdan foy- dalanish, energiya ishlab chiqish, suv om- borlaridan foydalanish, suv kam yilla- ri undan oqilona foydalanish, suv ko’p yillari aksincha inshootlarni, dalalar- ni, aholini seldan himoya etish rejala- ri tuzadilar. G. b. tuzishda daryolarda ku- tilayotgan hodisalar va dare havzasidagi gidrometeorologik sharoitlar orasida- gi bog’liqlikdan foydalaniladi. Buning uchun Gidrometeorologiya tarmoqlari tashkil etilib, ularda qorning baland- ligi, yog’inning miqdori, muzdan erigansuv miqdori, havo harorati va b. (borish qiyii bo’lgan tog’li hududlarda qorning qalinligi samolyotdagi maxsus asboblar b-n) o’lchanadi. Olingan ma’lumotlar radio orqali Markaziy gidrologik ba- shorat xizmatiga kelib tushadi, qayta ishlanadi va turli bashoratlar tuzila- Di. Agar hisoblangan va amaldagi ma’- lumot orasidagi farq 0,67 o dan oshiq bo’lmasa (a —me’yordan o’rtacha kvadratik tebranish) g. b. to’g’ri deb hisoblanadi. O’zbekiston daryolarida sug’orish va ener- getika uchun zarur gidrotexnika inshoot- lari qurilgan bo’lib, ular ve-getasion davr (apr.—sent.) uchun o’rtacha va Maksi- mal suv sarfi bashorati, novegetasion davr (okt.—mart) uchun o’rtacha suv sarfi o’n kunlik va kundalik, chorak, oylik tax- minlar, suv sathini keskin oshishi yoki kamayishi va nihoyat, sel kelishi taxmin- lari b-n ta’minlanadi.