GIDROLOGIK STANTSIYA

GIDROLOGIK STANTSIYA – 1) Daryo, ko’l, suv omborlari gidrologik re- jimini o’rganish maqsadida gidromete- orologiya xizmati tasarrufida tashkil etiladigan i.ch. muassasasi. G. s. tegishli kuzatish qurilmalari va asboblari b-n jihozlanib, maxsus bilim va malaka- larga ega bo’lgan kuzatuvchi xodimlar va ular faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur bo’lgan bino b-n ta’minlanadi. G.s.lar o’ziga qarashli hududdagi suv manbalari (ob’ektlari)ning gidrologik rejimini o’rganadi, o’ziga biriktirilgan kichik g.s. lar va kuzatuv manzillariga rahbarlik qiladi, suv rejimining elementlari haqida ularda to’plangan kuzatish ma’- lumotlarini qayta ishlaydi va umum- lashtiradi, ma’lum korxona va muassa- salarni suv manbalarining gidrologik rejimi haqida tegishli ma’lumotlar b-n ta’minlaydi. Shuningdek, suv man- balari (asosan daryolar)da bevosita suv sathi, suvning oqish tezligi, suv sarfi, loyqa oqiziqlar, t-ra va gidrokimyoviy tarkibi kabi elementlarni o’lchash yoki aniqlash ishlarini bajaradi, kuzatish ma’lumotlarini dastlabki qayta ishlash va tahlil qilish b-n shug’ullanadi (yana q. Gidrologik tarmoqlar); 2) dengiz (ko’l) ning koordinatalari ma’lum bo’lgan bi- ror nuqtasidagi maxsus kuzatish joyi. Unda kemadan turib dengiz (ko’l)ning ahvoli, ob-havo, har xil chuqurlikda suv- ning shaffofligi va rangi, t-rasi va kimyoviy tarkibi, oqim yo’nalishi hamda tezligi kuzatiladi va o’rganiladi.