Genlar banki, genlar bibliotekasi

Genlar banki, genlar bibliotekasi — donor organizmdan ajratib olingan, maqsadga muvofiq genetik in- formasiyaga ega DNK yoki uning qismlari majmui. G. b.ni hosil qilish uchun DNK restriktaza fermenti ta’sirida par- chalanadi, keyin vujudga kelgan barcha qismlarni aralashmada vektor moleku- la (xo’jayin hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK mo- lekulasi)ga ligaza fermenti yordamida qo’shiladi. Natijada organizm barcha genlarini o’zida saqlovchi duragay plaz- midalar (yoki bakteriofaglar) aralash- masi hosil bo’ladi. Agar bunday duragay plazmidalar yoki bakteriofaglarni bak – terial hujayra yoki fag bo’laklari ichiga kiritilsa, alohida klonlar (bularning har birida organizmning qaysidir geni b-n birga rekombinat DNK bo’ladi) kol- lektsiyasi vujudga keladi. Bu klonlar (umumiy boshlang’ich avlodning jinssiz ko’layishidan vujudga kelgan hujayra yoki individlar majmui) hammasi bir- galikda organizm barcha genomini tash- kil etadi. Bakterial yoki faglar klo- nining bunday kollektsiyasini cheksiz ko’paytirish hamda boshqa tashkilotlarga berish va undan har doim zarur genlar- ni izlab topish uchun boshlang’ich Mate- rial sifatida foydalanish mumkin. Germaniyada Maks Plank in-ti xodimla- ri g. b.dan foydalangan holda pomidor va kartoshka hujayrasini biriktirib, ildizida kartoshka, poyasida pomidor me- vasi etiladigan yangi duragay yaratdilar. O’zbekistan FA Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi in-tida X-fagi asosida g’o’zaning mukammal g. b. yaratildi. Undan klonlarni saralash (skrining) b-n g’o’zaning foydali xususi- yatlarini namoyon qiluvchi genlarini ajra- tib olish va kelajakda maqsadga muvofiq genlar majmusiga ega bo’lgan g’o’za na- vlarini yaratishda foydalanish mumkin. Ad.: Biotexnologiya (pod. Red. A. A. Baeva), M., 1984;Uotson D., Tuz Dj., Kurs Dj., Rekombinat- Nie DNK: [Per. s. angl.), M., 1986. Abdusattor Abdukarimov, Sotiboldi Jataev.