GENETIK HIMOYA USULI

GENETIK HIMOYA USULI (o’simliklar himoyasida) — kasallik qo’zg’atuvchilar hamda begona o’tlarga qarshi kurashda ikki organizm: parazit va xo’jayin o’simliklarning o’zaro ta’- siridan foydalanishga asoslangan usul. Tabiatda o’simlik navi, turi yoki navlar hamda turlar guruhi parazitlarning faqat muayyan formalari yoki irqpari b-n zararlaiadi. Parazitlarning viru- lentligi (kasallik qo’zg’ata olish xusu- siyati) va o’simlikning kasallikka chi- damliligi irsiy ta’minlanadi va ular faqat o’zaro ta’sir natijasidagina Fe- notipik namoyon bo’ladi. Kasallantirish darajasi parazitning o’simlik organiz- miga patologik ta’siri, ya’ni javob re- aktsiyasi darajasi b-n belgilanadi. Q. x. ekinlari kasalliklari, mas, g’o’za vilti- ga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun uning qo’zg’atuvchisi — vertisillium zamburug’ining barcha genetik fondini, irq va forma hosil qilish sabablari hamda yo’llarini, o’simlikning kasal – likka chidamli navlarini yaratishda foy- dalanish mumkin bo’lgan o’simlik gene- tik fondini aniklash zarur. Parazitlar o’zgaruvchanligini o’rganishda barqaror belgili har xil mutantlardan foydala- nish zamburug’ning virulentli genlarini belgilash va aniqdash imkonini beradi. Amerikalik genetik olim X. Flor (1955) tadqiqotlar natijasiga asosla- nib, xo’jayin va parazitning o’zaro Ge- netik munosabati to’g’risida «genga gen» deb nomlangan, ya’ni har bir kasallik tug’diruvchi genga mos keladigan chidam- lilik geni bo’ladi, degan gipotezani il- Gari surdi. Bu gipotezaning to’g’riligi vertisillyoz vilt zamburug’i b-n g’o’zaning o’zaro ta’sirini o’rganishda isbotlan- Di. «Toshkent» tipidagi g’o’za navlarini r-nlashtirishda kasallik b-n zararlanish sur’ati keskin o’zgaradi. Zamburug’ning g’o’zaning 108-F navini zararlaydigan barcha formalari ham yangi navlarga mos- lasha olmadi. Biroq har yili bir navni ketma-ket bir joyga ekish natijasida mazkur nav uchun patogen bo’lgan zamburug’ formasi tuprokda yig’ilib qoladi va kasallikning o’sib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun parazit forma va irqlarini genetik tadqiq etishni uzluk- siz olib borish kerak. Genetik ta’min- langan parazit virulentligi va o’simlik chidamliligi belgilarining o’zaro ta’- sirini o’rganish, uning fiziologik-bio- kimyoviy tabiatini kashf etish, ular- dagi o’zgaruvchanlik amplitudasi hamda yo’nalishini aniqlash mutaxassislarga elifitotiyani prognozlash, o’simlikning mazkur navi yoki turi uchun patogen Pa- razit forma hamda irqparining vujud- ga kelishi va tarqalishining oldini olish, selektsiya ishlarini maqsadga muvofiq olib borishga imkon be- radi. G. h. u. o’simlik kasalliklari tarqalishining oldini olishda eng istiqbolli usullardan (yana q. Immu- nitet, o’simliklarni himoya kilish). Abdukarim Zikiryoev, Asya Risboeva.