Testlashtirish

Testlashtirish – testlar yordamida bilim va ko’nikmalarni tekshirish usuli. T. insoniyat tarixidagi eng qad. hodisalardan biri hisoblanadi. Qad. Xitoyda fuqarolik xizmatiga kiruvchi amaldorlar shu usuldan o’tkazilgan. Ilk bor «akliy test» atamasi 1890 y. amerikalik psixolog Jeyms MakKin Kattel maqolasida qo’llanilgan bo’lib, unda kollej o’quvchilarining intellektual darajasini aniqlash uchun g’ar yili qo’llaniladigan turkum testlar tavsiflangan. Frantsuz psixologi A. Bine ham o’z tadqiqotlarini akliy salohiyatni aniklash usullariga bag’ishladi. Niderlandiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Daniya, Frantsiya, Isroil, Finlyandiya, Kanada, Avstraliya, yangi Zelandiya va b. rivojlangan davlatlar T. bobida etakchi hisoblanadi. Mazkur ro’yxatdan aholisining hayot tarzi yuqori bo’lgan mamlakatlarning joy olishi tasodifiy emas. Bu erda T. qo’llanishi ta’lim sifatiga ta’sir etishi boshqaruv sifati bilan bog’liq bo’lsa, sifatli boshqaruv, o’z navbatida, aholi turmush darajasining sifatini oshirishga zamin yaratadi. T. 1898 y. AQShda bir nechta oliy o’quv yurtiga kirishda sinab ko’rilib, abiturientlar uchun o’rta maktab dasturlari asosida yagona T. tizimini yaratish zarurligi haqidagi xulosaga kelindi. 1900 y. ayrim xususiy tashkilot va untlar tashabbusi bilan kollejlarga qabul qilish bo’yicha imtihon kengashi, 1947 y. dek.da esa ta’limni rivojlantirish bo’yicha Karnegi jamg’armasi hamda kollejlarga qabul qilish bo’yicha imtiqon kengashi tomonidan pedagogik T. xizmati tashkil qilindi. O’zbekistonda oliy o’quv yurtlariga kirishdagi T. usuli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va O’zR Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1992 y. da joriy qilindi. Bu farmon ta’limni tubdan isloh qilish va demokratlashtirish jarayonini boshlab berdi, oliy o’quv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olishda ijtimoiy adolatni ta’minladi. O’zbekiston T. tizimi xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini o’ziga singdirib, milliy an’ana va mintaqaviy o’ziga xosliklarni hisobga olgan holda rivojlanib bordi. Ilg’or mamlakatlardagi T.ning 1 va 2 variantli modellari hamda universal savollar kitobchasi bilan bog’langan T. tizimi O’zbekistonda yanada rivojlantirildi. Shuningdek, yuqori darajada maxfiylikni muhofaza qilish, yoshlarning bilim va akliy darajasini baholashda muvofiqlik hamda aniklikni ta’minlash uchun 1996 y. T.ning ko’p variantli tizimi ishlab chiqilib joriy etildi. Davlat test markazining ko’p variantli texnologiyasi hamda yaxlitlashgan avtomatlashtirish tizimining dasturlari O’zR davlat patent idorasi tomonidan berilgan 30 dan ortiq mualliflik guvohnomalari bilan qimoyalangan. Ko’p variantli T. natijalarining taxlili o’quv fanlarini o’zlashtirish darajasi, uning bo’limlari bo’yicha olingan bilimlarning chuqur va mustahkamligini izchil kuzatishga, ta’lim jarayonini tubdan takomillashtirish istiqbollarini belgilashga imkon yaratadi, yangi pedagogik texnologiya, darelik va o’quv qo’llanmalarini yaratish bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi. T.ning ko’p variantlilik texnologiyasi, testologiyaning ilmiy asoslarini tadqiq qilish, T. natijalarini didaktik asosda taxlil etish, shuningdek, T. ning turli tarmoklarda qo’llanilishi bo’yicha 1996 y .dan buen 18 kitob nashr etildi. Muhsin Muhiddinov.