Transilvaniya

Transilvaniya — Ruminiyaning shim.dagi tarixiy viloyat. Milodiy 1-asrda Transilvaniya hududi Getlardakiyaliklar davlatining asosiy o’zagini tashkil qilgan. 2 asr boshi — 271 yilda Rimliklarga, 11— 12-asrdan — Venger qirollariga (1541 yildan turk sultoni vasiyligida) tobe bo’lgan. 1698-99 yildagi Karlovis Kongressida Gabsburglar Vengriya qirolligi tarkibidagi Transilvaniya ustidan o’z nazoratlari o’rnatilganini tan olinishiga erishdilar. Trianon sulh shartnomasi (1920)ga ko’ra, Transilvaniya Ruminiyaga berilgan. 1940 yilga Vena arbitraji qaroriga ko’ra, shimoliy Transilvaniya Vengriyaga qo’shilgan. 1947 yilgi Parij sulh shartnomalariga ko’ra, 1938 yil yanvarga qadar mavjud bo’lgan Ruminiya-Vengriya chegarasi tiklangan.