Translokatsiya

Translokatsiya (lotincha trans orqali, locatio — joylashish) — xromosomalar bir qismining o’sha xromosomaning boshqa qismiga yoki ikkinchi xromosomaga o’tib qolishi; xromosomalar qayta qurilishi (xromosoma aberrasiyalari), ya’ni mutasiya xillaridan biri. Agar xromosomaning uzilgan qismi o’sha xromosomaning boshqa joyiga ulansa, xromosoma ichidagi Translokatsiya, boshqa xromosomaga o’tib qolsa xromosomalararo Translokatsiya deyiladi. Masalan, Daun sindromida 15 va 21 xromosomalardan kichik qismlari ajralib, o’rinlarini almashtirib joylashadi. Translokatsiya asosida xromosomalarning nogomologik qismlari o’rtasidagi almashinuv yotadi. Translokatsiyada genlar mikdori o’zgarmagan holda ularning o’rni o’zgaradi. Translokatsiya og’ir irsiy kasalliklarga olib keladi.