Toshhovuz

Toshhovuz (Dashhovuz) — Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Turkmanistonning shim.da, Toshhovuz vohasida joylashgan. T.y. stantsiyasi. T.dan Ashxobodgacha 635 km. Aholisi 165,4 ming kishi (1999). T. 1816 y.da Xiva xonligi qal’asi sifatida Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806-1825) tomonidan qurdirilgan. 1873 y.da Xiva xonligi tarkibida Rossiya imperiyasi protektoratiga kiritilgan. 1920 y.dan XXSRda; 1924 y.dan shahar Turkmaniston tarkibidagi viloyat markazi; 1925 y.dan Turkmaniston SSR okrug markazi. 1939— 63 y.larda viloyat markazi, 1970 y.dan yana viloyat markazi. T. me’morligi qadim zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida yuzaga kelgan qal’a qurilishi bilan bog’liq. Olloqulixon davrida qal’a kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng mustahkam qo’rg’onlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. 19-a. oxiriga kelib, turli urushlar natijasida qal’aning saroy qismi vayronaga aylangan. Muhammad Rahimxon II (1864-1910) davrida saroy qayta tiklangan. 19-a. oxirlarida shaharda 3 darvoza (Sharqiy, Jan. va saroy), 300 ga yaqin do’kon va ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid va madrasa bo’lgan. Biroq saroy va b. imoratlardagi ko’plab nafis bezaklar, devoriy naqshlar tushib ketib, qayta tiklanmagan. 1950-y.lardan shahar Shovot kanalining chap sohili bo’ylab kengaytirila boshladi. Eski shaharning katta qismini tashkil etgan paxsali imoratlar o’rnida g’ishtin va temirbeton binolar, t.y. vokzali va b. qurildi. T. da paxta tozalash, yog’moy, pivo, sut, qishloq xo’jaligi. mashinalarini ta’mirlash, qurilish materiallari, temirbeton buyumlar, grafitli elektrodlar zdlari, gilamchilik, tikuvchilik, konditer fkalari, go’sht, don mahsulotlari ktlari ishlab turibdi. Aeroport, qishloq xo’jaligi. texnikumi, tibbiyot va ped. bilim yurtlari, madaniyat va istirohat bog’i bor.