Toshmali terlama
Toshmali terlama (tuphus exanthematicus), tepkili terlama, epidemik TIF — Rikketsiozlar guruhiga mansub o’tkir infektsion kasallik, bunda bemor isitmalaydi, yurak, qon tomirlar, Markaziy nerv sistemasi zararlanadi, toshma toshadi. Provachek rikketsiyasi qo’zg’atadi, bit orqali yuqadi. T.t.ning kechishida 4 davr farklanadi; yashirin davri (o’rtacha 2 hafta), boshlang’ich, avj olish va sog’ayish davrlari. Dastlab bemorning eti uvishib, isitmalaydi (39— 40° gacha), boshi va muskullari qaqshab og’riydi, yuzi kepchiydi, ko’zlari qizarib turadi, uyqusi buziladi, alahlaydi. Kasallikning 3— 4 kunida ko’z kon’yunktivasining burmasida va yumshoq tanglayda dog’simon toshmalar paydo bo’ladi. Intoksikasiya kuchliligidan yurak, nafas yo’li va nerv sistemasi zararlanadi. Kasallikning 5kunidan boshlab bemor badaniga va bilaklariga qizg’ishpushti toshmalar toshadi. Kasallikning 12— 15kunidan bemorning axvoli yaxshilana boshlaydi. Ba’zan T.t. qaytalaydi. So’nggi yillarda bu kasallik O’zbekistonda deyarli uchramaydi. T. t.ning oldini olish uchun bitga qarshi kurash choralari ko’riladi, dezinfektsiya o’tkaziladi va h.k. Ad.: Ahmedova M. D., Abduqodirov Sh. Sh., Shovahobov Sh. Sh., Yuqumli kasalliklar va bemorlar parvarishi, T., 2002.