Toledo
Toledo — Ispaniyaning Markaziy qismidagi shahar. Tako daryosi bo’yida. Toledo provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 61 ming kishi (2000). Hunarmandchilik (metall buyumlar, korrida uchun anjomlar, keramika, ipak va jun gazlama tayyorlash)ning qad. markazi. Qadimda T. karpetanlarning iberiy qabilasi manzilgohi bo’lgan, mil. AV. 2-a.da uni rimliklar egallagan. 6-a. o’rtalaridan vestgotlar davlati poytaxti. 1085 y.da Alfons VI tomonidan egallanib Kastiliya va Leon poytaxtiga aylandi. 1479 y.dan Birlashgan Ispaniya poytaxti. Arablar qo’l ostida bo’lgan davrdan boshlab hunarmandchilikning, xususan, sovuq qurollar ishlab chiqarish. va teriga ishlov berish markaziga aylandi. 14— 15-a.larda movut, ipak matolar, keramika va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish. ayniqsa rivojlandi. 16-a. oxiri va 17-a. boshlarida (poytaxt Madridga ko’chirilgach) T.ning iqtisodiy va siyosiy mavqei pasaydi. Me’moriy yodgorliklardan Rim davrida qurilgan tsirk krldiklari, akveduk, shahar darvozalari, cherkovlar, ratusha, sobor, ko’priklar va b. saklangan. 20-a.da T. qad. me’morlikning milliy qo’riqxonasi deb e’lon qilingan. Shahar o’rta asr qiyofasini saqlab qolgan, zamonaviy qurilishlar qilinmaydi. Turizm rivojlangan.