Tolerantlik
Tolerantlik (lot. tolerantia — sabrtoqat), bag’rikenglik — o’zgalarning turmush tarzi, xulqatvori, odatlari, histuyg’ulari, fikrmulohazalari, g’oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo’lish. Hoz. dunyoda T. o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikasiyalarning tez rivojlanishi, integrasiya va o’zaro bog’liklik, keng miqyosli migrasiya va aholining ko’chib yurishi va b. jamiyatda T. tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bag’rikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirihdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqarohuquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga ko’ra, har kim o’z e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog’i lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. T.ni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.T.nihartomonlamaqo’llabquvvatlash maqsadida YUNESKO «bag’rikenglik tamoyillari deklarasiyasi»ni qabul qilgan (1995 y. 16 noyab.). Jamiyatda turli xalqlar, Millatlar va dinlarning o’ziga xos xususiyatlariga nisbatan T. munosabatini O’zbekiston misolida ko’rish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar o’rtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikengliktamoyili ijtimoii taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular o’rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo’lmagan va bu xalqimizning azaliy bag’rikengligini ko’rsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo T.ning yaqqol namunasidir. Ad.: Milliy istiklol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, T., 2001.