Toshkent irrigasiya va meliorasiya instituti

Toshkent irrigasiya va meliorasiya instituti — yirik oliy o’quv yurtlaridan biri. O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufida. Int 1934 y.da O’rta Osiyo irrigasiya injenerlari va texniklari inti hamda O’rta Osiyo qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash inti asosida tashkil etilgan. 2004 y.ning mart oyigacha Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhandislari inti nomi bilan faoliyat ko’rsatdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 y. 30 martdagi karori bilan Toshkent irrigasiya va meliorasiya intiga aylantirildi. Intda: gidromeliorasiya; suv xo’jaligi inshootlari; suv xo’jaligini avtomatlashtirish va mexanizasiyalash; boshqaruv va iqtisodiyot; erdan foydalanish va er kadastri ftlari, magistratura va sirtqi bo’lim bor, ularda suv xo’jaligi va meliorasiya; suv xo’jaligi inshootlari; ekologiya va atrof mux.it muxrfazasi; suv resurslari va ularni boshqarish; suv xo’jaligi va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash; suv xo’jaligida avtomatlashtirish va telemexanika; kasb ta’limi; iqtisodiyot; buxgalteriya g’isobi va audit; menejment; er tuzish va er kadastri kabi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar hamda magistratura bo’limida 31 ta mutaxassislik bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanida mayd. 1609 ga bo’lgan o’quv tajriba xo’jaligiga ega. 2003/04 o’quv yilida intda 5 mingdan ortiq talaba o’qidi. 30 dan ziyod kafedralarda 500 ga yakin prof. o’qituvchilar, shu jumladan 41 fan dri, prof.lar 200 ga yaqin fan nomzodi va dosentlar ishladi. Shuningdek, int tarkibida o’quv, o’quvuslubiy, malaka oshirish, xalqaro aloqalar, ilmiy tadqiqot, nashriyot, aspirantura va doktorantura bo’limlari, kutubxona (630 ming asar) bor. Int huzurida Buyuk Britaniyaning London sh.dagi «Interneshnl Xauslondon» liseyi ta’sischi bo’lgan iqtisodiyot va xorijiy tillar yo’nalishi bo’yicha «Interneshnl Xaus — Toshkent» va tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik liseylar faoliyat ko’rsatadi. Intda A. N. Askochenskiy, E.A.Zamarin, Yanishevskiy, T. N. QoriNiyoziy kabi yirik olimlar ishlagan. Prof. lar Sh.U. Yo’ldoshev, A A. Rachinskiy, E. F. Fayziboev, Sh. Murodov, T. S. Xudoyberdiev va b. olimlar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Int tashkil etilgandan buen xalq xo’jaligi tarmoqlari uchun 52 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi. Int huzurida nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini himoya qilish bo’yicha ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Int bir necha nufuzli oliy o’quv yurtlari, i.t. intlari AQShning Vashington, Ayova, Niderlandiyaning Vageningen, Buyuk Britaniyaning Lisfasi, Germaniyaning Gamburg untlari bilan ilmiy aloqa o’rnatgan va talabalar, professoro’qituvchilar almashinish, i.t. grantlari olish yo’lga qo’yilgan. Tolibjon Xudoyberdiev.