Tomdi tumani

Tomdi tumani – Navoiy viloyatidagi tuman. 1927 y. 3 iyulda tashkil etilgan. Jandan Konimex, Nurota tumanlari, shimdan Qozog’istonning Qizilo’rda, sharqsan Janubiy Qozog’iston viloyatlari, Jan.sharqdan Jizzax viloyati, g’arbdan Uchquduq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 42,4 ming km2. Aholisi 26,4 ming kishi (2004). Tumanda 7 qishloq fuqarolar yig’ini (Keregetov, Koriz, Oqquduq, Oqtov, So’kitti, Tomdibuloq, Sheli) bor. Tuman markazi — Tomdibuloq qishlog’i. Tabiati. Tuman hududi Kizilkum cho’lida joylashgan. Qad. paleozoy (gersin) past tog’lari — Tomditov, Oqtov, Oltintov, Etimtog’, Quyuqtov, O’g’iz, Bo’kantov, Bo’kanmerey, Uliqizil, Jamanqizil dashtlari, tog’etaklarida buloklar (Tomdi, Jing’ildi va b.) bor. Tog’lardan oltin qazib olinadi. Botiq ko’p (Mingbuloq — dengiz sathidan 12 m past). Tog’lar atrofi tekislik, qator qum tepalari va ko’zanak qumlar bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning o’rtacha trasi -4,1°, eng past t-ra -31°. Iyulning o’rtacha trasi 30°, eng yuqori t-ra 40°. Yillik o’rtacha yog’in 108 mm. Daryo va ko’llar yo’q. Tuproqlari qizil, qum tuproklar. Saksovul, kavrak, tuyaqorin, selin, rang, arpag’on va b. o’sadi. Oq quyruq (sayg’oq), jayran, arxar, tulki, qobon, quyon, yumronqoziq, burgut, qarg’a, kaltakesaklar, echkemar, bo’g’ma ilonlar, kaklik va b. bor. Aholisi, o’zbek, qozoq va qoraqalpoqlar, shuningdek, turkman, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 0,6 kishi. Xo’jaligi. Q.x.ning asosi — yaylov chorvachiligi. Asosan, Qorako’l qo’ylari boqiladi. Tuya, ot ham ko’paytirilmoqda. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 1402 qoramol (shundan 710 sigir), 363,9 ming qo’y va echki, 3,5 ming ot, 2,5 ming tuya boqiladi (2003.) Tumanda 279 xo’jalik yurituvchi sub’ektdan 7 shirkat, 47 fermer xo’jaligi, 88 dehqon xo’jaligi, 65 xususiy korxona va firma, 3 aktsiyadorlik jamiyati, 4 mas’uliyati cheklangan jamiyat, 2 ishlab chiqarish. kooperativi va b. faoliyat ko’rsatadi (2003). Xo’jaliklarning umumiy sonidan 245 tasi mikrofirma, 6 tasi kichik 7 tasi o’rta va 21 tasi yirik korxonadir. Tumanda 34 umumiy ta’lim maktabi, qishloq xo’jaligi. kasbhunar kolleji mavjud (2004). 25 kutubxona, 11 klub muassasasi, 1 teatr, 2 muzey bor. Kasalxona, poliklinika, tug’ruqxona, dorixonalar, qishloq vrachlik punktlari va b. tibbiy muassasalari faoliyat ko’rsatadi. T. t.dagi yirik qishloqlar orasida avtobuslar qatnaydi.