Tokugava

Tokugava — Yaponiyada syogunlar sulolasi (1603-1867). Tokugava Ieyasu tomonidan asos solingan. Davlatn» mustaxkamlash uchun T. hukmdorlari bir necha bor islohotlar o’tkazishgan. Xususan, har bir tabaqaning majburiyati va huquqi qat’iy belgilab berilgan; dehqonlar erga biriktirib qo’yilgan; savdosudxo’rlik kapitali taraqqiyoti cheklangan, knyazlar ustidan qat’iy siyosiy nazorat o’rnatilgan. Mamlakatdagi tartiblarni o’zgarishsiz saqlab qolish, shuningdek, tashqi xavfxatarning oldini olish maqsadida T. hukumati 17-a. ning 30-y.larida Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qo’ygan. 18-a. oxirida T. davlati tanazzulga uchragan. 1853 y. AQSh harbiy kemalari mamlakatga bostirib kirgan. AQSh va Evropa davlatlari T. hukumatining Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qo’yish siyosatini bekor qilishga majbur qilib, 1854-58 y. larda u bilan tengsiz Ansey bitimlarini imzolashgan. 1867-68 y.lardagi Meydzi isin inkilobi natijasida T. hokimiyati barham topgan.