Tovuq, uy tovuqlari

Tovuq, uy tovuqlari — tovuqsimonlar turkumiga mansub parranda, qishloq xo’jaligi. parrandalarining eng ko’p tarqalgan turi. 5 ming yil muqaddam Hindistonda qo’lga o’rgatilgan yovvoyi bankiv tovug’idan tarqalgan. T. larning o’ziga xos xususiyati — boshlarida qizg’ish toji, quloq solinchagi, oyoklari (xo’rozlarida) pixining mavjudligidadir. Patlarining rangi har xil, ko’pincha, oq. Ko’pchilik T. zotlarining tumshugi va oyoq kafti sariq, qisman oqqizg’ish, qora va b. bo’ladi. Tuxum po’chog’i oq yoki och qo’ng’ir. Beradigan mahsulotiga qarab. T.lar tuxumdor (serpusht), tuxumdorgo’shtdor (tuxumgo’sht uchun boqiladigan) va gushtdor zotlarga ajratiladi. Shuningdek, T. larning dakang (urishqoq) va kurkam turlari (sanoat ahamiyati yo’q) ham bor. T. lar tashqi kurinishi va tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Serpusht T.lar kichkina, tez voyaga etadigan, tuxumdorgo’shtdor T.lar yirikroq bo’lib yaxshi rivojlanadi. Go’sht uchun ajratilganlari alohida sharoitda boqiladi. Serpusht T.lar 1,7—2,2 kg, xo’rozlari 2,7—3,0 kg, tuxumdorgo’shtdorlari 2,5—4,0 kg, go’shtdorlari 3,0—4,5 kg go’sht beradi. Serpusht zotlar yiliga 220-250 ta, ayrimlari 365 tagacha tuxum qiladi. Zotdor T.lar selektsiya yo’li bilan ko’paytirilganda serpusht bo’ladi. T. 5-6 oylikdan tuxumga kiradi. Dastlabki tuxumi 40-50 g, 1 yoshga yaqinlashgach, 55-65 g. Tuxumdorgo’shtdor zotlar tuxumi mayda. T. tullaganda tuxum qilmaydi. Tullash 2-3 hafta, ba’zilarida 2 oy va undan ortiq davom etadi. T. 10 yilgacha tuxum qilishi mumkin (10-12 y. umr ko’radi). Sanoat maqsadida tuxum etishtiriladigan xo’jaliklarda T.lar tuxumga kirgandan keyin ularni faqat bir yil saqlash iqtisodiy foyda keltiradi, chunki tuxum T. ning yoshiga qarab, yiliga 10— 15% kamayadi, naslchilik xo’jaliklarida faqat sermahsul T.lar 2—3yilga qoldiriladi. Boqilayotgan nasldor T.larning 50-60% 1 yoshga etmagan, 30— 35% 2 yoshli va 10% 3 yoshli bo’ladi. Jo’ja ochirishga tuxum olishda 8-12 ta tovuq uchun 1 ta xo’roz qo’yiladi. Xo’rozlar 2-3 y. saqlanadi. Jo’jalar inkubatorov ochiriladi. T. parrandaxonalarda don, sabzavot, mineral oziqala^, vitamin va b. bilan boqiladi. O’zbekiston qishloq xo’jaligi. ilmiyi. ch. markazining parrandachilik ilmiy markazida selektsiyaning yangi va jadal usullarini amalda qo’llab, T. larning yuqori mahsuldor, yiliga 240-250 (duragaylari 270) donadan tuxum kiladigan, kasalliklarga chidamli va mahalliy sharoitga moslashgan ikki tizimli «O’zbekiston» Krossi (o’z1 va O’z2 tizimlari, O’z12 duragaylari) yaratiladi (2002). O’zbekiston parrandachilik xo’jaliklarida tuxumgusht yunalishidagi leggorn, nyuxemshir, rodaylend, tovuk, zotlari, broyler etishtirish uchun kornish, Plimutrok zotlari urchitiladi (yana q. Parrandachilik). Sayfiddin Azimov.