Tver

Tver (1931-90 y.larda Kalinin) — RF Tver viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Tverda daryosining Volgaga kuyilish joyidagi dare porti. T.y. stantsiyasi. Moskvadan 167 km shim.g’arbda. Aholisi 457,0 ming kishi (1998). T. to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar solnomalarda 1164 y.da keltirilgan. 1247 y.dan Tver knyazligining markazi. Rusning iktisodiy siyosiy va madaniy markazlaridan biri. 14-a.ning 1yarmida mo’g’ullarga qarshi harakatning etakchisi bo’lgan. 1327 y.da shaharda mo’g’ullarga qarshi katta qo’zg’olon ko’tarilgan. 1466 y.da tverlik sayyoh Afanasiy Nikitin Hindistonga sayohat qilgan. 1485 y.dan T. Moskva davlati tarkibida. 1775 y.dan Tver namestnichestvosi, 1796 y.dan gubernyasi markazi. 1941 okt.dek. oylarida nemis fashistlari shaharga jiddiy shikaet etkazgan. T. da mashinasozlik (vagonlar, ekskavatorlar, elektr apparaturasi va b.), engil (ipgazlama, kamvol ktlari va b.), kimyo (kimyo tolasi, sun’iy charm mahsulotlari va b. ishlab chiqarish.), poligrafiya, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 5 oliy o’quv yurti (shu jumladan, universitet), Z teatr, filarmoniya, muzeylar (tarixiyme’moriy va adabiy, Tver turmushi, Saltikov — Shchedrin va b.), kartinalar galereyasi mavjud. Me’moriy yodgorliklardan «Belaya troisa» cherkovi (1564), Uspenie sobori (1722), klassisizm stilidagi turarjoy va jamoat binolarining ansambllari (18-19-a.lar) saqlangan.