Tog’olcha
Tog’olcha (Primus divaricata) — ra’nodoshlar oilasi olxurilar turkumiga mansub mevali daraxt. Bolqon mamlakatlari, kichik Osiyo, Eron, O’rta Osiyo va Kavkazda yovvoyi va madaniy holda tarkalgan. Bo’yi 3-10 m, sershox. Gullari oq, yakkayakka joylashgan. Mart— apr. oylarida gullaydi, chetdan changlanadi. Mevasi iyul— avg.da pishadi, og’irligi 2-12 g, dumaloq, cho’zinchoq yoki yassi, sariq, qizil, binafsha rang yoxud qora. Ko’chati bxbm, 6×8 m sxemada o’tqaziladi. 2—3yili hosilga kiradi. Daraxtidan 300 kg gacha hosil olinadi. Tarkibida 10% gacha kand, 1,5—4% olma va limon kislotalari, 0,3—1,5% pektin, 16 mg% S vitamini va 2,8 mg% provitamin A bor. T., asosan, urug’idan ko’paytiriladi. Shaftoli, olxo’ri, o’rik uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Mevasi xo’lligicha va konserva (kompot, qiyom, sharbat va b.) holida iste’mol qilinadi. T. er tanlamaydi. Sovukka va sho’rga chidamli. Zararkunandalari: olma qandalasi, kora va sarik tillaqo’ng’izlar; kasalliklari: klyasterosporioz va b.