Tog’ qarg’a

Tog’ qarg’a (Pyrrhocorax pyrrhocorax) — chumchuqsimonlar turkumining karg’alar oilasiga mansub qush. Kattaligi zog’chadek. Tanasining uzunligi 45 santimetrcha, og’irligi 270-370 gramm. Patlari qora rangda, dum va qanoti yashil tovlanadi; tumshug’i va oyog’i qizil. Markaziy va Janubiy Yevropa, Shimoliy G’arbiy Afrika, Efiopiya, O’rta Osiyo tog’larida tarqalgan. O’troq hayot kechiradi. Tog’larning Alp mintaqasida yashaydi. 4-5 ta tuxum qo’yib, 17-18 kun modasi bosadi. Hasharotlar, chuvalchanglar va umurtqasizlar, ba’zan mevalar bilan oziqlanadi.