YUPQA

YUPQA — xamir, go’sht va piyozdan tayyorlanadigan taom. Go’shtni go’sht qiymalagichdan o’tkazib, mayda to’g’ralgan piyoz, murch bilan aralashtiriladi va qovurib olib qo’yiladi. Xamirdan 30 grammli zuvalachalar yasalib, yupqa qilib yoyiladi. Qizigan qozonga yarim qoshiq yog’ surtib, yoyilgan xamirlardan biri ikkala tomonidan yaxshilab singitib pishiriladi. So’ngra qozonga ikkinchi Yupqani solib pishiriladi va qozonda qoldirilib, betiga tayyor qiymadan bir tekis solinib, ustiga birinchi pishirilgani yopiladi. Buning betiga ham qiymadan solib yana navbatdagi yoyilgan xamir yopiladi va pishirish uchun ag’dariladi. Qavatlar soni shu tariqa 10-12 tagacha yetkaziladi. So’ngra har birini alohidaalohida ajratib olib, to’rt buklab likopchada dasturxonga tortiladi. Ayrim joylarda avval Yupqaning xamiri pishirilib, qiymasi taxlanayotganda solinadi. Yupqani juda sust olovda pishirish va zarur bo’lganda, qozonga yarim qoshiqdan yog’tomizib turish lozim. Yupqa tansiq taomlardan bo’lib, chaqaloqni beshikka belashda hamda hayit marosimlarda tayyorlanadi.