Toshkent viloyat pedagogika instituti

Toshkent viloyat pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. 1967 y. Toshkent viloyatining Angren sh.da ochilgan. Intda 6 ft (mat. va kasbiy ta’lim, boshlang’ich ta’lim metodikasi, tarix, Filol., xorijiy tillar, tibbiyotgeogr.), sirtqi ft va bo’lim, 29 kafedra, 17 o’quv lab., 21 bo’lim va markaz, jumladan, o’quv, magistratura, ichki nazorat va monitoring, marketing, ma’naviyat va ma’rifiy ishlar, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limlari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining int bo’limi, axborot texnologiyasi va masofadan o’qitish markazi, kutubxona (85 mingdan ortiqasar) mavjud. Intda 18 ta’lim yo’nalishi (mat. informatika, kasbiy ta’lim, ped.psixologiya, maktabgacha tarbiya va bolalar sporti, tarix, milliy istiklol goyasi, huquq va ma’naviyat asoslari, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, kimyo va ekologiya, geogr. va iktisodiy bilimlar asoslari, biol. va inson faoliyati xavfsizligi, o’zbek tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, fizikaastronomiya, boshlang’ich ta’lim) buyicha bakalavrlar, 3 mutaxassislik (o’zbek tili, biol., kimyo) bo’yicha magistrlar tayyorlanadi. 2003/04 o’quv yili intda 4633 talaba ta’lim oldi, 360 o’qituvchi, jumladan, 5 fan dri va prof., 68 fan nomzodi va dosent ishladi. Int faoliyati I. T. Yormatov, D. T. To’xliev, U. Abdiev, G. Pardaev, M. B. Boboev, Sh. Ergashev, M. Mirkomilov, G. B. Niyozov kabi prof.o’qituvchilar nomi bilan bog’liq. Intda «Chotqol ziyokori» gaz. nashr etiladi (2002 y.dan). 2004 y. gacha int 1,4 mingdan ortik, mutaxassis tayyorladi.