Tovar

Tovar (rus.) — 1) ishlab chiqarish. iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida oldisotdi, bozor munosabatlari ob’ekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. faqat modsiy shaklga ega bo’lmay, u turli xizmatlar, ma’naviy ne’matlar va b. ko’rinishlarda ham bo’lishi mumkin. T. shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega bo’lishi, ya’ni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda T. ning bu ikki yoqlama xususiyati — iste’mol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida o’rganiladi. T. larning iste’mol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun Tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini ko’rsatadi. T.ning almashuv qiymati — biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa turdagi iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan mikdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha ta’limotlar mavjud bo’lib, ulardan biri «qiymatning mexnat nazariyasi» deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va b. fikricha, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — og’irligi, shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos bo’la olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan tovarning har xil iste’mol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil etadi. Lekin har xil tovarlarning iste’mol qiymati sifat jihatidan turlicha bo’lishi mumkin. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan solishtirish, ya’ni barobarlashtirish asosi faqat unga sarflangan mehnat bo’lishi mumkin. T. da mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Avstriya iqtisodiyot maktabi namoyandalari fikricha, ayirboshlash mutanosib tovarlarning iste’mol uchun qay darajada foydaliligi, ya’ni nafliligi (q. Naflshshk) bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida T.da gavdalangan mexnat va uning nafliligi T. qiymatini vujudga keltiradi. Mutallib Yo’ldoshev.