Tillarning chatishuvi

Tillarning chatishuvi – muayyan bir til yoki lahja tizimidagi unsurlarning ikkinchi bir til yoki lahja tizimidagi unsurlar bilan qo’shilib ketishi; ma’lum tarixiy davrlarda harbiysiyosiy jihatdan g’olib bo’lgan xalqning tili bilan mag’lub bo’lgan xalq tili urtasidagi munosabatlar majmui. Bunda ba’zan g’olib xalqning tili mag’lub xalq tilidan ustunlik qiladi va mag’lub til, muayyan iz qoldirgan holda, g’olib tilga singib ketadi, ba’zan g’olib xalq tili, ma’lum iz qoldirgan holda, mag’lub xalq tiliga singib ketadi. Mac, mil. AV. 2-1-a.larda rimliklar Galliya, Iberiya kabi hududlarni bo’ysundirganlarida, bu hududlar aholisini o’z tillarini (xalqona lotin tilini) o’rganishga majbur qilganlar. Aksincha, german qabilalaridan franklar Frantsiyaning shim. hududlarini bosib olganlarida, o’zlari «frantsuzlashib», ularning tillari mag’lub til bo’lib qolgan. Turkiyzabon bulg’or qabilalari 10-a.da Bolqrn slavyan qabilalarini bo’ysundirgan («Bolgariya» atamasi xam shu qabila nomidan olingan), lekin T.ch. tufayli o’z tillarini yo’qotib yuborgan. 13-a.dagi mo’g’ul istilosidan so’ng mo’g’ul tilining O’rta Osiyodagi holati g’aqida ham shunday deyish mumkin. T.ch.da 2 tushuncha: substrat va superstrat o’zaro farqlanadi; ularning har ikkalasi ham mag’lub tilning g’olib tildagi unsurlarini anglatadi. T. ch.ni oddiy so’z o’zlashtirishdan, tillarning o’zaro bir-birini boyitishidan farklash kerak. Chunki boshqatildan so’z o’zlashtirgan tillar o’ziga xos xususiyatlarini saklab, ichki imkoniyatlari asosida rivojlanadi: bu holatda ma’lum til leksikasining boyishi haqida gapirish mumkin. Xususan, o’zbek, uyg’ur, Ozarbayjon, tatar tillariga Islom dini, Qur’on matnini o’rganish munosabati bilan ko’plab Arabcha lug’aviy birliklar kirib o’zlashgan bo’lsada, bu tillar o’ziga xos xususiyatlarini, asosan, to’liq saqlab qolgan. T.ch.da esa tillar rivojining ichki qonuniyatlari buziladi yoki ba – tamom yo’qoladi; fonetika va fammatika sohalarida bir qator tub o’zgarishlar sodir bo’ladi.