Tijorat banki
Tijorat banki – korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari (hisobkitob, to’lov operasiyalari, qo’yilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, ssudalar berish, shuningdek, qimmatli qog’ozlar bozoridagi operasiyalar) ko’rsatadigan yirik kredit muassasasi. T.b. bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qo’yilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, o’z aktsiya va obligasiyalarini chiqarish xdgsobiga shakllantiradi. O’zbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya O’rta Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-a. oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo bo’lgan va 1917 y.dagi Oktyabr to’ntarishiga qadar faoliyat ko’rsatgan. 20-a.ning 90-y.lari boshidan, mustaqillikdan keyin respublikada T. b.lari kayta paydo bo’ldi. O’zbekistonda Markaziy bank T.b. faoliyati uchun lisenziya beradi va uning ishini nazorat qiladi. T.b. lari mulkchilikning turli shakllari asosida davlat ishtirokidagi, davlataktsiyadorlik, ochiq va yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan. Respublika hududida 33 ta T.b., faoliyat ko’rsatadi (2003). Ulardan 2 tasi davlat banki, 3 tasi davlataktsiyadorlik T.b. 12 tasi xususiy bank, 4 tasi chet el kapital ishtirokidagi banklar va 1 tasi sho»ba bankdir. Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat ko’rsatayotgan 800 dan ortik, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el T.b.lari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat ko’rsatadi. T.b.i faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» (1996, 25apr.) qonuniga muvofiq tartib-ga solinadi. Fayzulla Mullajonov.