Terminator

Terminator (lot. termino — chegar’alayman, ajrataman) — Sayyora yoki yo’ldoshlar gardishining yoritilgan (kunduzgi) yarim shari bilan qorong’i (tungi) yarim sharini ajratuvchi chiziq. Sayyora yoki yo’ldoshlarning T. chizig’idagi nuqtalarida Quyosh botayotgan (kechqurungi T.) yoki chiqayotgan (ertalabki T.) bo’ladi. Erdan ko’rinadigan yoritqich gardishi (mas., Oy) da T. hamma vaqt ellipsning yarmiga o’xshaydi, T.ning gardish bo’ylab siljishi faza almashinish hodisasini ifodalaydi (mas., Oy fazalari). Atmosferasi bor sayyoralard,h>efraktsiya va tong yorug’ligi yoki qosh qorayishi tufayli T. chizig’i tungi yarim shar tomonga bir oz siljigan bo’ladi.