Gujarot zilzilasi

Gujarot zilzilasi – 2001 y. 26 yanvda Hindistonning Gujarot shtati- da mahalliy vaqt b-n soat 8 dan 46 min. o’tganda sodir bo’lgan er silkinishi. Zil-zila episentri Ahmadobod va Bxuj sh.lari oralig’ida joylashgan. Rixter shkalasi bo’yicha magnitudasi 7,7 bo’ldi. Zilzila kuchi MSK-64—12 balli shkala bo’yicha 10 ball bo’lib, Hindistonning bir qancha shaharlari (Ahmadobod, Kach va b.) katta talafot ko’rdi. Ayniqsa, episentrga yaqin joylashgan Bxuj sh. er b-n yakson bo’ldi. Ketma-ket sodir bo’lgan silkinishlar natijasida ko’plab bir qavatli va 150 dan ziyod ko’p qavatli imorat butunlay vayron bo’ldi. Qurbon bo’lganlar soni 30 mingdan ortib ketdi. Episentrdan tarqalgan seysmik to’lqinlar ming km dan ziyod masofaga- cha qayd qilindi. Episentrda uz. 3-4 km keladigan er yoriklari hosil bo’lib, u joyning qiyofasini o’zgartirib yubor- Di. Zilzila 1968 y.da aniqlangan Seys- mogen zonada ro’y berdi. Zona ostidagi tog’jinslarining er uzilmalari bo’yicha keskin siljishi tebranishlarga sabab bo’lgan. Bu zonada ilgarilari ham er qimirlashlar qayd etilgan. Ayniqsa, ularning eng dahshatlisi 1819 y.ning 16 iyunida sodir bo’lib, kuchi 2001 yilgi G.z.ga teng bo’lgan.