Guldon

Guldon — I) gul solib qo’yiladigan, uy va jamoat joylarida ishlatiladi- gan badiiy buyum. Sopol, shisha, yog’och, tosh, kumush, tilla kabilardan yasaladi. Jahonning ko’pgina mamlakatlarida, jumladan O’rta Osiyoda ham qadimdan mav- jud. 6-12-a.larda Quva. Dulbuk, Isfara sh.larida rangli shisha g.lar yasash rasm bo’lgan. 14-15-a.larda xon saroylariga kumush va tilla g.lar qo’yilgan. 18-19- a.larda asosan naqshli sopol g.lar tay- yorlangan. Hozir G.lar chinni va kulollik z-dlarida ishlab chiqarilmoqda (yana q. Vaza); 2) amaliy san’at (naqqoshlik, mi- skarlik, zargarlik, kashtachilik va b.)da G.ning badiiy qiyofasi turli shakllarda tasvirlanadi.