GULDURSUN QAL’ASI

GULDURSUN QAL’ASI – Qoraqalpog’istonning To’rtko’l sh.dan 9 km shim.da joylashgan qal’a xarobasi (mil. AV. 2-1-a. — mil. 13-a. boshi). To’g’ri to’rtburchak tarhli (mayd. 35 ga), shinaqli va burjli 2 qator paxsa devoir bo’lgan. Mil. 5-a.da noma’lum sabablarga ko’ra, vayrona holiga kelgan. Taxm. 12-a. 1-yarmida qayta tiklanib, Xorazmshohlar davlatining dasht chegarasidagi muhim istehkomi hisoblangan. 13-a. boshida mo’g’ullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Turar joy qoldiqlari, sopol idish bo’laklari, mis tangalar va b. to- pilgan.