Guano

Guano (ispancha guano) — quruq iqlim sharoitlarida dengiz qushlarining uzoq yillar yig’ilib qolgan va chirigan axlati; azotli va fos- Forli o’g’it. Qushlar ko’plab yashaydigan Chili, Peru, Jan. Afrika sohillariga yaqin orollarda, Karib dengizi orolla- rida ko’p. Tarkibida 9% atrofida N, 13% R2O5 va 2 — 3% K,o bor. G.ni maydalab turli tipdagi tuproqlarda barcha q.x. ekinlari uchun qo’llash mumkin. Shuning- dek, baliq ovlash va baliqni Kanta ish- lash sanoati chiqindilaridan tayyorlana- digan o’g’it ham g. deb ataladi (tarkibida 8-11% azot, 12 — 14% fosfor bor). Bunday o’g’itlar asosan Yaponiya, AQSh, Norvegiya, Frantsiyada ishlatiladi.