«Grand-opera»

«Grand-opera» (Frans. Grand Opera — katta opera), musiqa v a raqs milliy akademiyasi — Parijdagi davlat opera va balet teatri. Evropa musiqali teatr madaniyatining yirik markazlari- dan. 1669 y.da «Qirol musiqa Akademi- yasi» nomida tashkil topgan. 1875 y.dan hoz. nomda. Teatrning tarixi frantsuz opera va balet san’atining yuzaga ke- lishi hamda rivojlanishi b-n uzviy bog’liq. 17-18-a.larda «g.-o.»zamini- da lirik fojia hamda opera-balet kabi milliy musiqali teatrning turlari (J. Lyulli, J. Ramo va b.), 19-a. boshida «kat- ta opera» janri (D. Ober, J. Rossini, J. Meyer-ber) qaror topgan. 20-a.da «g.- o.»teatri repertuaridan mumtoz opera va baletlar b-n birga zamonaviy kompo- zitorlar (R. Shtraus, I. Stravinskiy, M. Ravel, A. Onegger, F. Pulenk, A. Berg, S. Prokofev va b.) asarlari keng o’rin olgan. «G.-o.»da Frantsiya va Evropaning etakchi xonandalari (M. Malibran, P. Viardogarsia, J. Grizi, A. Patti, E. Ka- ruzo, F. Shalyapin, M. Kallas, T. Gobbi va b.), raqqos va raqqosalari (M. Taloni, K. Grizi, A. Pavlova, V. Nijinskiy), baletmeysterlari (J. Nover, L. Peti- Pa, S. Lifar, M. Bejar), dirijyorlari (E. Kolonn, P. Montyo, Sh. Myunsh) fao- liyat kursatgan. Hoz. binosi 1875 y.da qurilgan, 1936 y.da qayta ta’mirlangan. Tomosha zali 2130 o’rinli, ichki bezakla- ri nihoyatda hashamatli va ko’rkam. «G.- o.»artistlaridan Franchesko va Patris Bartlar Navoiy nomidagi opera va balet teatri spektakllarida qatnashgan (1970, A. Adan, «Jizel»; P. Chaykovskiy, «Oqqush ko’li» va b.).