Gipotalamus

Gipotalamus (gipo… va Yun. thalamos — xona,) gipotalamik soha — miyadagi ko’ruv bo’rtig’ining ostki qismi; unda vegetativ nerv sistemasining Mar- kazlari joylashgan; gipofiz b-n uzviy bog’langan. G.da nerv hujayralarining 30 juftdan ortiq to’plamlari — yadrolari bor. Shu nerv xujayralari vasopressin va oksitosin degan hamda gipofizdan chiqadigan neyrogormonlarni, shuning- dek, gipofiz ta’sirida gormonlarning ajralishini kuchaytiruvchi yoki susayti- ruvchi rilizing-omillarni hosil qiladi. Ular gipofizga ta’sir ko’rsatadi va uni turli xil murakkab gormonlar ajratish- ga majbur etadi. G. t.-raning salgina o’zgarishini, organizmdagi qand, tuz, suv, gormonlar va b. moddalar miqdorining andak bo’lsada, o’zgarishini sezadigan re- tseptorlar b-n ta’minlangan. G. moddalar almashinuvini, yurak-tomir, ovqat hazm qilish, ajratish sistemalari va ichki sekresiya bezlari faoliyatini, uyqu, ser- gaklik, x.ayajonlanish mexanizmlarini boshqaradi. Nerv va endokrin sistema- lar o’rtasida aloqa bog’laydi.