Giperboloidlar

Giperboloidlar (giperbola va Yun. eldos — ko’rinish) — ikkinchi tar- tibli Markaziy sirtlar. Bir pallali va ikki pallali g. bo’ladi. Bir pallali g. chiziqli sirtlar turkumiga taalluqli; uning har qanday nuqtasi orqali shu bir pallali g. sirtida yotadigan ikki to’g’ri chiziq o’tadi (bular to’g’ri chiziqli yasov- chilar deyiladi). Uni turli tekisliklar b-n kesganda kesimda har xil 2-tartibli egri chiziqlar: ellips, giperbola hamda bir-biri b-n kesishuvchi to’g’ri chiziklar xosil bo’ladi. G.ning amaliy ahamiyati katta (mas, rus ixtirochisi V. G. Shuxov (1859— 1939) tizimidagi radiominora bir pallali g. shaklida yasalgan).