GANDIMIYON SHARTNOMASI

GANDIMIYON SHARTNOMASI -Rossiya qo’shinlari 1873 y. bahorida Xi- vani egallagandan so’ng, 1873 y. 12 avg. da Rossiya b-n Xiva xonligi o’rtasida (Xiva yaqinidagi Gandimiyon (Gandum- kon) qishlog’idagi xonning yozgi begala) tuzilgan shartnoma. Shartnomaga ko’ra, xon rus podshosining vassaliga aylan- Di va mustaqil tashqi siyosat yurgizish- dan mahrum etiddi. Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi erlar Rossiyaga o’tdi va u erda Amudaryo bo’limi tashkil etilib, Turkiston general-gubernatorligi tar- kibiga kiritildi. Bo’lim boshlig’iga Xiva hukumatining faoliyatini kuza- tib turish topshirildi. G. sh.ga bino- an rus savdo kemalarining Amudaryoda erkin harakat qilishi uchun imtiyozli huquq berildi. Rus sanoatchi va savdo- garlari butun xonlik hududida bojsiz savdo kilish, er sotib olish, sanoat korxonalarini qurish huquqini oldi. Rus fuqarolarini mahalliy sudlar sud qilolmaydigan bo’ldi. Bundan tashqari, xon Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming so’m tovon to’lash majburiyatini oldi. Shunday qilib, g. sh. Xiva xonligini Rossiyaning mustamlakasiga aylantirib qo’ydi.