Gdinya
Gdinya — Polsha shim.dagi shahar. Gdansk voevodaligida; Boltiqdengazi bo’yidagi port. Sopot va Gdansk sh.lari b-n Truymyasto sh. aglomerasiyasini tash- kil qiladi. Aholisi 252 ming kishi (1990-y.lar o’rtasi). 1924-36 y.larda xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan yirik port qurilishi munosabati b-n shahar tez o’sdi. Yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t. G. orqali chetga ko’mir chiqariladi; chet- dan rudalar, neft mahsulotlari kelti- riladi. Sanoat tarmoqlaridan mashina- sozlik, asosan kemasozlik va oziq-ovqat sanoati (baliq, yog’, go’sht va b.) rivojlan- gan. Baliq ovlash bazasi. Oliy dengiz va harbiy dengiz o’quv yurtlari, dengizdan baliq ovlash ilmiy tadqiqot in-ti, oke- anografiya, harbiy dengiz muzeylari va dengiz akvariumi bor.