Gastroduodenit
Gastroduodenit – me’da va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavatining yallig’lanishi. G. ko’pincha gastrit, me’da yarasi (q. Yara kasalpigi), pankreatit b-n og’rigan, shuningdek me’dada o’sadigan mikrob Helicobacter pylori va har xil gijjalari (lyambliya, askarida va b.) bor kishilarda uchraydi. O’tkir va surunkali G. farq qilinadi. O’tkir G .da bemorning ko’ngli ayniydi, qusadi, ichi ketadi, to’sh osti soxasida og’riq bo’ladi. O’tkir G.ning vaktida oldi olinmasa, u surun- kali shaklga o’tadi. Surunkali G .da me’- da yoki o’n ikki barmoq ichak yarasi kabi kasalliklarning belgilari kuzatiladi. Davo kasallikning kechishi va belgila- riga qarab tayinlanadi. Kasallikning oldini olishda uning il k belgilari na- moyon bo’lishi b-n darhol vrachga muroja- at etish muhim. Helicobacter pylori mikro- biga qarshi antibiotiklar, metronida- zol va depol kabi dorilar ishlatiladi.