Gastrula
Gastrula — ko’p hujayrali hayvonlarning gastrulyasiya davridagi murtagi. Birinchi marta rus biologi A. O. Kovalevskiy (1865) ta’riflab ber- gan, g. tushunchasini fanga iemis bio- logi E. Gekkel kiritgan (1874). Odatda, erta, o’rta va so’nggi g. davrlari bo’ladi. So’nggi G. davrida embrion ikki — tash- ki (birlamchi ektoderma) va ichki (bir- lamchi entoderma) qavatdan tashkil to- pali. Deyarli barcha ko’p hujayralilarda (g’ovaktanlilar, bo’shliqichlilar, taroqpilardan tashqari) uchinchi qavat (mezoderma) xam hosil bo’ladi. Bir- lamchi og’izlilarda uchinchi qavat Telo- blastlardan vujudga keladi. Ikkilamchi og’izlilarda esa mezoderma materiali birlamchi ekto va endoderma tarkibiga kirib va ulardan gastrulyasiya davrida ajralib chiqa boshlaydi. Ikki qavatli embrion — g.ning kashf etilishi hayvonot dunyosi taraqqiyotining umu- miyligini isbot etishda katta ahamiyatga ega bo’ldi (q. Gastreya nazariyasi).