Garibaldi (Garibaldi) Juzeppe

Garibaldi (Garibaldi) Juzeppe (1807.4.7, Nissa – 1882. 2. 6, Kaprera o.) — Italiya xalq qaxramoni, general, Risorjimento inqilobiy qanotining rahbarlaridan biri. Jan. Amerika re- spublikalariniig mustaqilligi yo’lida 10 y. dan ortiq kurashgan. 1848-49 y.lardagi Italiya inqilobi qatnashchisi, Rim Respublikasini mudofaa qilish (1849) tashkilotchisi. 1848, 1859 va 1866 y.larda g. rahbarligidagi ko’ngilli askarlar Avstriyaga qarshi ozodlik urushlarida Shuhrat qozongan. Italiya- ning Jan. ni ozod qilish b-n 1859-60 y.lardagi Italiya inqilobi g’alabasini ta’min etgan. «Minglar» harbiy yuri- shiga boshchilikqilgan (I860). 1862 va 1867 y.larda Rimni Papa hokimiyatidan qurolli yo’l b-n xalos etishga uringan. 1870-71 y.larda Frantsiya-Prussiya urushi davrida ko’ngilli bo’lib Fran- tsiya tomonida urushgan, Vogez armiyasiga qo’mondonlik qilib, prus armiyasini bir necha bor jiddiy mag’lubiyatga uchratgan.