GEKSAMETILENDIAMIN

GEKSAMETILENDIAMIN, NH,(CH2)6NH2— organik birikma, kuch- siz ammiak hidli rangsiz kristallar. Mol. m. 116,21. Suyuklanish t-rasi 39— 42°, qaynash t-rasi 204-205°, zichligi 825 kg/m3. Suv, spirt, efir va b. organic erituvchilarda yaxshi eriydi. G. va uning suvdagi eritmalari havodan karbonat angidrid yutadi (2% li 1 hajm eritma 20° da 11,7 hajm). G. Ali-Fatik aminlar- ga xos barcha kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Oltin, kumush, mis, platina va b. metallarning tuzlari b-n qiyin eruv- Chan rangli kompleks birikmalar beradi. Karbon va mineral kislotalar ta’sirida tuzlar, mas, digidroxlorid (suyuqlanish t-rasi 258°) va digidrobromid (suyu- klanish t-rasi 263°) hosil qiladi. G. sanoatda adipin kislota dinitrilini mis-kobalt katalizatori ishtirokida kaytarish usuli b-n olinadi: StaC— (CH2)4-CsN+4Hj-*NH2(CH2)6NH2. G. poliamid tola (naylon) i.ch.da muhim xom ashyo hisoblanadi. U ingibitor, kata- lizator sifatida va b. maqsadlarda ham qo’llaniladi.